O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Nyu-Yorkda AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uels bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida ko‘p qirrali muloqotni yanada rivojlantirishga katta e’tibor berayotganini tasdiqladi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSh yetakchi kompaniyalari va firmalari vakillari bilan sermahsul uchrashuv va muzokaralari, O‘zbekiston—AQSh biznes-forumining muvaffaqiyatli natijalari ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni yuqori bosqichga olib chiqishga turtki berishiga ishonch bildirildi.
Uchrashuvda tomonlar kun tartibidagi boshqa masalalar, xalqaro va mintaqaviy muammolarni ham ko‘rib chiqdi.
Izoh (0)