AQSh qurolli kuchlari IShID jangarilarining Liviyada joylashgan lagerlariga oltita aviazarba berdi. “Kommersant” xabariga ko‘ra, hujum natijasida 17 kishi halok bo‘lgan.
AQSh qo‘mondonligining xabar berishicha, aviazarbalar Liviya milliy birdamlik hukumati bilan o‘zaro kelishilgan holda juma kuni berilgan.
Iyul oyi boshida Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Haftar mamlakatning eng yirik ikkinchi shahri — Bengazi terrorchilardan ozod etilganini e’lon qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Liviyada IShID va “Al-Qoida”ga qarshi qurolli kurash davom etmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)