Kanada hukumati Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va mamlakatning yana 39 nafar mansabdoriga nisbatan sanksiyalar joriy etdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Madurodan tashqari cheklovlar ro‘yxatiga, jumladan, mamlakat vitse-prezidenti, tashqi ishlar vaziri, bosh prokuror, milliy saylov kengashi rahbari, Ta’sis yig‘ini a’zolari kiritilgan.
Sanksiyalar ostidagi shaxslarning Kanadadagi aktivlari muzlatiladi. Shuningdek, kompaniyalarga Maduro va uning yaqinlari firmalari bilan biznes yuritish man etiladi.
Cheklovlar joriy etilishi sanksiyalar ro‘yxatidagi kishilarning “demokratiyaga qarshi harakatlari” bilan izohlangan.
Izoh (0)