Grin okrugi politsiyasi (Tennessi shtati, AQSh) aholidan “garaj eshigi yonida qonga belanib yotgan noma’lum shaxs” bo‘yicha qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilmaslikni so‘radi, deb xabar berdi TJournal.
Huquq-tartibot xodimlarining aniqlashicha, “jasad” — Xellouin bayrami uchun uy egasi Jozef Lovergiv tomonidan o‘rnatilgan ichiga somon to‘ldirilgan qo‘g‘irchoq. Uy egasining ta’kidlashicha, odamlar 911 ga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkinligi haqida o‘ylamagan. Jozef odamlar “uning hazilini to‘g‘ri tushunib, xafa bo‘lmasliklariga” umid qilmoqda.
Politsiyachilar manekenni tekshirib ko‘rishgach, Facebook’da Chaki-Payk ko‘chasidagi o‘lgan insonning jasadi bo‘yicha 911 ga qo‘ng‘iroq qilinmasin, mavzusida post qoldirishgan.
Izoh (0)