Singapur xalqaro aeroportida ishlaydigan Tay Bun Ke ismli yuk tashuvchi uch oy davomida yo‘lovchilarning yuklaridagi yorliqlarni almashtirgan. 63 yoshli erkakning xatti-harakati sababli 286 ta chamadon belgilangan manziliga jo‘natilmagan. Bu haqda Meduza ma’lum qildi.
Aeroport xodimiga har bir holatda yetkazilgan zarar bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Taxmin qilinishicha, u 2016-yilning noyabr oyidan 2017-yilning fevral oyigacha bo‘lgan davrda har kuni yorliqlarni almashtirish bilan shug‘ullangan.
Malayziyadagi Pinang oroliga, shuningdek, Gonkong, Manila, London va boshqa shaharlarga yetkazilishi kerak bo‘lgan chamadonlar hech qayerga ketmagan.
Keyingi sud majlisi 17-oktabrga belgilangan. Tay Bun Ke o‘z maqsadini tushuntirmagan, biroq aybini tan olishga hozirlanmoqda. Unga bir yillik qamoq jazosi yoki har bir almashtirilgan yorliq uchun jarima belgilanishi mumkin.
Aeroport vakillarining ma’lum qilishicha, yuk ortuvchining xatti-harakati yo‘lovchilar xavfsizligiga jiddiy tahdid keltirib chiqarmagan.
Izoh (0)