Buyuk Britaniyada qo‘lga o‘rgatilgan to‘tiqush tasodifan xo‘jayiniga taqlid qilib, ovoz bilan ishlaydigan tizim orqali internet-do‘konga buyurtma berib yubordi. Natijada qush Amazon saytidagi 13,5 dollar turadigan sovg‘alar qutisini sotib oldi, deb xabar berdi “Vesti.ru”.
AFP’ning ma’lum qilishicha, qushning “qurboni” mijozlarga Amazon.com saytidan xarid qilishda yordam ko‘rsatadigan, Amazon Echo smart-qurilmalari orqali boshqariladigan “Aleksa” — ovozli yordamchisi bo‘lgan.
Qushning egasi Korinn Pretorius (Londonda istiqomat qiladi) oila a’zolaridan hech biri buyurtmani amalga oshirmaganini bilgach, qushni fosh etgan.
Ayol Baddi laqabli to‘tiqushning dinamik bilan “suhbat”ini videoga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Amazon vakillarining so‘zlariga ko‘ra, odatda mijozlar buyurtmani yakunlash uchun “ha” deya tasdiqlashlari lozim.
Izoh (0)