McAfee kompaniyasining kiberxavflar sohasidagi ekspertlari butun internet olamidagi eng xavfli personaj shaxsini oshkor qildi, deb yozadi Associated Press.
U 2013-yildan buyon albom chiqarmayotgan, ammo internetga o‘z nomidan zararkunanda kontentni binoyidek joylayotgan kanadalik qo‘shiqchi Avril Lavin bo‘lib chiqdi.
McAfee mutaxassislari tomonidan olib borilgan tahlil natijalariga ko‘ra, aynan pop-pank qo‘shiqchining nomi bilan bog‘liq materiallarga yovuz niyatlilar eng ko‘p xavfli dasturiy ta’minotlarni joylaydi. Avril Lavinning bepul MP3 lari so‘rovi bo‘yicha qidiruv xizmati foydalanuvchilarga chiqarib beradigan linklar 22 foizlik ehtimol bilan virusli saytlarga olib boradi.
Eng zararli mashhurlar ro‘yxatiga, shuningdek, xonandalar Bruno Mars, Jastin Biber, Zeyn Malik, Selin Dion, Keti Perri va Beyonse ham kirdi.
Izoh (0)