Aktrisa Asal Shodiyeva o‘zini tadbirkorlikda sinab ko‘rishga ahd qildi. Asal o‘ziga xos dizayn asosida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan yangi brendga asos soldi.
“Paxta matolardan siz uchun qulay va hamyonbop kiyim-kechaklar yaratamiz”, — deb yozadi Asal Shodiyeva o‘zining Instagram’dagi sahifasida.
Asal Shodiyeva tadbirkorlik loyihasining ilk namunalarining suratini shaxsiy sahifasiga joylashtirdi. Aktrisa tashabbusi bilan yaratilgan kiyimlarga Odri Xepbyorn, Elvis Presli va Merilin Monro kabi jahon estradasi va kinosining taniqli vakillarining suratlari tushirilgan.
Izoh (0)