AQShning Lockheed Martin korporatsiyasi lazer qurilmasidan uchuvchisiz uchish qurilmalarini bartaraf etish uchun qo‘llash imkoniyatini namoyish etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
AQSh quruqlikdagi qo‘shinlarining Nyu-Meksiko shtatidagi Uayt-Sendz poligonida o‘tkazilgan sinovlar davomida 30 kilovattli ko‘chma Athena lazeridan foydalanildi.
Mazkur qurol yordamida birin-ketin 5 ta Outlaw uchuvchisiz uchish qurilmasi havoda urib tushirildi.
Lockheed Martin bosh texnologi Keoki Jeksonga ko‘ra, oldinroq ushbu qurolni harakatsiz nishonlarda sinab ko‘rilganda ham shunday ijobiy natijalarga erishilgan. Hozirgi ishlanmalar esa kelgusida “murakkab nishonlarni uzoq masofadan” yo‘q qilishga qodir lazer quroliga ega bo‘lish imkonini beradi.
Izoh (0)