Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini yaqin kelajakda xorijiy mutaxassis qabul qilib olishi mumkin.
O‘FF matbuot xizmati tashkilot prezidenti Umid Ahmadjonov ilgari surayotgan masalalar yuzasidan bayonot berdi. Unda bir qator ustuvor masalalar sanab o‘tilgan bo‘lib, birinchi galda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash vazifasiga e’tibor qaratilgan.
Yangi rahbariyat milliy terma jamoaga bosh murabbiy tayinlashda faqat xorijlik murabbiylar nomzodini ko‘rib chiqayotganligini ma’lum qilamiz, deb yozdi matbuot xizmati. Bunda nomzodlar kim ekani borasida ma’lumot berilmagan.
O‘zbekistonlik futbol muxlislari va jurnalistlar bir necha yillardan buyon mamlakat bosh jamoasiga chet ellik tajribali murabbiy tayinlash fikrini ilgari surib kelayotgan bo‘lsa-da, O‘FFning avvalgi rahbariyati JCh—2018 vazifasini muvaffaqiyatli hal etishni Samvel Babayan gardaniga yuklagandi. Yangi rahbariyat esa talab va istaklarni inobatga olgan.
Izoh (0)