Irlandiyalik Kayri Kalfild Virginiya orollaridan orzusidagi uyni sotib oldi. Ammo oradan besh kun o‘tgach “Irma” to‘foni oroldagi ko‘plab uylar bilan birga Kayrining uyini ham vayron qildi, deb xabar berdi Forum Daily.
Erkak tushkunlikka tushmasdan yetkazilgan talofatlarni hazil tariqasida videoga oldi.
U besh kun oldin sotib olingan uyning yarim devorlari yo‘q ekanligini, to‘fondan omon qolgan daraxtni esa baribir chopib tashlash niyatida bo‘lganligini so‘zlagan.
Aniqlanishcha, Kolfild o‘zining homilador xotini hamda ikki nafar farzandi bilan to‘fon vaqtida uy ichida bo‘lgan.
Izoh (0)