Okoyada (AQSh, Florida shtati) yashovchi Tiffani Xetfild “Irma” to‘foni tufayli evakuatsiya chog‘ida sotib olgan lotereya chiptasidan 10 ming dollar yutib oldi. Bu haqda Forum Daily xabar bermoqda.
CBS telekanaliga ko‘ra, uch bolaning onasi Floridadan Virjiniyaga yo‘l olayotganida Shimoliy Karolinada qisqa muddatga to‘xtaydi. Hojatxonaga kirib ketgan qizini kutish davomida do‘kondan skretch-lotereya xarid qiladi.
Himoya qoplamasini olgach, 10 ming dollar yutuq chiqqanini anglagan oila a’zolari quvonganidan o‘zini qo‘ygani joy topolmaydi.
Xetfild 12-sentyabr kuni o‘z yutug‘ini oldi. U oilasi bilan Floridaga qaytishga ulgurdi va pullarni to‘fon oqibatida zarar yetgan uyini ta’mirlashga sarflash niyatida.
Izoh (0)