Keniyalik reynjerlar mamlakat shimoli-sharqidagi qo‘riqxona hududida sayr qilib yurgan ikkita oq jirafani videoga olishga muvaffaq bo‘ldi. Jirafalarning bu kabi rangda tug‘ilishiga genetik mutatsiya sabab bo‘lgan. Bu haqda UPI’ga tayanib, “Vesti.ru” xabar berdi.
Videodagi hayvonlarda leytsizm kuzatilgan bo‘lib, bu albinizmdan teri pigmentlarining qisman yo‘qolishi bilan farq qiladi.
Oq jirafalarning mavjudligi 2016-yilda ma’lum bo‘lgan, o‘shanda ularni birinchi bor Tanzaniyada uchratishgan edi. Hozirga qadar esa bu turdagi hayvonlar faqatgina Keniyada topildi.
Izoh (0)