Hyperloop One kompaniyasi istiqbolda to‘laqonli yuqori tezlikdagi yo‘llar paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan 10 mintaqadan iborat ro‘yxatni e’lon qildi. Unga AQSh, Buyuk Britaniya, Meksika, Hindiston va Kanada mintaqalari kiritilgan, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Engadget nashriga ko‘ra, yo‘llarning uzunligi turlicha bo‘ladi: 355 kilometrdan tortib (Bangalor — Chennay) 1,1 ming kilometrgacha (Chennay — Mumbay).
Tanlov asosida saralab olingan mintaqalar endi o‘zlari haqida ma’lumotlarni taqdim etishi va bunda Hyperloop yo‘llarining qiymati hamda samardorligiga ta’sir o‘tkazadigan omillarga e’tibor qaratishi zarur.
Izoh (0)