Tesla asoschisi Ilon Mask haydovchisiz yuk mashinasi taqdimoti va sinov yurishining sanasini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Tesla yuk mashinasi taqdimoti va sinov yurishi 26-oktabrda Kaliforniya shtatining Xotorn shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu mahluq shaxsan ko‘rishga arziydi”, — deya yozuv qoldirdi Mask Twitter’dagi sahifasida.
Reuters manbalariga ko‘ra, Tesla tomonidan ishlab chiqilgan yuk avtomobili qo‘shimcha quvvatlantirishsiz 480 kilometrgacha yurishi mumkin.
Izoh (0)