Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichining ilk turida “PSJ” Shotlandiyaga tashrif buyurib, 5:0 hisobida zafar quchdi.
Bosh murabbiy Unai Emeri hujum triosini maydonga tushirdi. Gol urishni Neymar boshlab bergan bo‘lsa, o‘tgan mavsum “Monako”ning yarim finalga yo‘l olishida xizmat qilib porlagan Mbappe buni davom ettirdi. Keyinroq Edinson Kavaniga 2 ta gol urish nasib qildi.
Myunxenning “Bavariya” klubi 80 daqiqadan ko‘proq bir kishi ko‘proq to‘p surib, 3 ta gol farqi bilan zafar quchdi.
27-sentabr kuni Parijda dahshatli to‘qnashuv bo‘ladi: “PSJ — “Bavariya”. Shu kuni “Seltik” Belgiyada saf tortadi.
Yevropa Chempionlar Ligasi “B” guruhi. 1-tur 12-sentabr, seshanba
Izoh (0)