Facebook ijtimoiy tarmog‘ining Vera Grigoryeva ismli foydalanuvchisi o‘z sahifasiga Toshkent shahridan 70 kilometr narida joylashgan, Bo‘stonliq tumaniga qarashli Chorvoq suv omborining atrofi chiqindilarga to‘lib ketganini isbotlovchi suratlarni joylashtirdi.
Uning yozishicha, shamol ushbu chiqindilarni tepaklik bo‘ylab u yoqdan bu yoqqa qarab uchurib tashlagani sabab bir kilometrga yaqin hudud qora va oq polietilen paketlarga to‘lib ketgan. Bu yer nafaqat polietilen paketlarni, balki ichimliklar idishlarini, qurilish mollari chiqindilari, shuningdek, qo‘ylarning yungi-yu suyaklarini uchratish mumkin.
Ushbu post ostida bildirilgan izohlarga ko‘ra, bu kabi holatni suv omborining boshqa chekkalarida ham uchratish mumkin. Ayol jamoatchilikni bu kabi ifloslanishlarga qarshi kurashishga chaqirgan.
Izoh (0)