Sirdaryo viloyat prokuraturasi Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyev mahalliy maktablar direktorlarini kaltaklagani aks etgan video bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshladi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tekshiruv natijalariga qarab, tegishli choralar ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Kun.uz” nashri Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyev mahalliy maktablar direktorlarini kaltaklagani aks etgan videoni e’lon qilgan edi. Rolikda ma’muriyat rahbari deb ataluvchi erkak bir qatorga terilgan direktorlarni navbatma-navbat urishayotgani va kaltaklayotganini ko‘rish mumkin. Tuman hokimining so‘zlaridan anglash mumkinki, maktab direktorlari Mustaqillik bayramiga o‘qituvchilarni olib kelmagani uchun jazolangan.
Keyinroq tuman hokimi mahalliy maktablar direktorlarini kaltaklagani bilan bog‘liq holat viloyat hokimligi mutasaddilari tomonidan chuqur o‘rganilayotgani xabar qilindi.
Izoh (0)