IDC tashqi savdo faoliyati va valyuta siyosati liberallashuvidagi ilk qadamlardan kelib chiqib, O‘zbekistonda AKT sohasi rivojlanishining joriy va uzoq muddatli prognozlarini o‘zgartirdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Qayta ko‘rib chiqilgan prognozlarga ko‘ra, O‘zbekiston IT bozori 2017-yilda 6,9 foizga (avvalgi taxmin 4,8 foiz edi) o‘sadi. Eng ko‘p o‘sish xizmatlar sohasida qayd etiladi — 17,6 foiz (13,3 foiz). IT-jihozlar va dasturiy ta’minot sohalari tegishli ravishda 6,1 foiz (4,1 foiz) va 13,6 foizga (12,4 foiz) oshishi kutilmoqda.
2016—2021-yillar davrida o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari prognozlari quyidagicha o‘zgartirildi:
Umumiy IT bozori: 12,9 foiz (8,2 foiz);
Jihozlar: 12,1 foiz (7,7 foiz);
Xizmatlar: 22,1 foiz (13,3 foiz);
Dasturiy ta’minot: 19,6 foiz (11,3 foiz).
IDC ekspertlari hukumatning tashqi savdo faoliyati, valyuta tartibi va mamlakatda biznes yuritish sharoitlarini liberallashtirish bo‘yicha barcha rejalari amalga oshirilgan taqdirda, O‘zbekistonda IT-bozorining o‘sish sur’atlari oldingi prognozga nisbatan o‘rtacha 30 foizga ko‘proq bo‘lishini bildirdi.
Shu tariqa, IDC 5 yildan so‘ng O‘zbekistonda IT-bozori 2016-yilga nisbatan 83,5 foizga oshishini kutmoqda.
Izoh (0)