Meksikaning Chyapas shtati qirg‘oqlarida yuz bergan zilzila kichik bir mehmonxonani ikkiga bo‘lib yubordi. Buning oqibatida hech kim qurbon bo‘lmagan, deb yozmoqda National Geographic.
Meksikaning 50 million aholisi 8-sentabrdagi yer silkinishini sezgan. Zilzilaning epimarkazi Chyapas shtatining qirg‘oqlarida bo‘lgan. Mutaxassislarning xabariga ko‘ra, zilzila so‘nggi 100 yil ichida Meksikadagi eng kuchli silkinish bo‘lgan. Silkinish magnitudasi 8,2 ni, qaytish kuchi 5,7 magnitudani tashkil qilgan.
https://twitter.com/CNN/status/906117664267018241
Matias-Romero shahridagi ikkiga bo‘linib ketgan Anel mehmonxonasi vayronalari ostida to‘rt kishi qolib ketgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ular qutqarib olingan.
Izoh (0)