Ukraina fuqaroligidan mahrum qilingan Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Ukrainaga qaytayotganini ma’lum qildi.
O‘z vaqtida Ukrainaning Odessa viloyatiga ham gubernatorlik qilgan Saakashvili Facebook’dagi sahifasida Polshadan Ukrainaga “Krakovets” chegara punkti orqali o‘tishini yozib qoldirgan.
Mixail Saakashvili 10-sentabr kuni Polsha tomondan Ukrainaga kirishga va’da bergan edi. Sobiq prezidentning ta’kidlashicha, unga qo‘l tekkizishga “hech kimning haddi sig‘maydi”.