Qariyb 290 ming rohinja musulmonlari Rakxayn shtatida davom etayotgan nizolar sabab Myanmadan Bangladeshga qochib o‘tdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, qochoqlar soni 6-sentabr, chorshanba kunidan keskin oshgan.
Hozirgi vaqtda Bangladeshning Myanma bilan chegarasidagi qochoqlar lagerlari odamlar bilan to‘lib ketgani aytilmoqda.