Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Shotlandiyada mamlakatdagi eng baland ko‘prik— Queensferry Crossing ochilishida ishtirok etdi. Uning uchta ustuni balandligi 207 metrga boradi, deya xabar beradi “TASS”.
91 yoshli qirolicha va uning 96 yoshli turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp Shotlandiya birinchi vaziri Nikol Sterjen ishtirokida ramziy lentani qirqdi va ko‘prikda harakatlanishni ochib berdi. Marosim chog‘i Red Arrows uchuvchilar guruhi samolyotlari parvozi va ko‘prik ostidan kemalar o‘tishi namoyish etildi.
Fert-of-Fort ko‘rfazidan Edinburg g‘arbiga o‘tgan Queensferry Crossing umumiy uzunligi 2700 metrni tashkil etadi. Bu uni dunyodagi eng uzun uch asosli vantli ko‘prikka aylantiradi.
Ko‘prik qurilishi 6 yil davom etdi va unga 1 milliard dollardan oshiq mablag‘ sarflandi. Queensferry Crossing’dan kamida 120 yil foydalanilishi va undan yiliga 24 million avtomobil o‘tishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)