Ertaga — 5-sentabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh—2018 saralashining so‘nggi turida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.
“Championat.asia” nashrining xabar berishicha, o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar “Bunyodkor” stadioni kassalari tugab bo‘lgan. O‘yin arafasida ular olib-sotarlar qo‘lida qaytadan sotiladimi yoki yo‘q — hozircha ma’lum emas.
Janubiy Koreyaga qarshi o‘yindagi g‘alaba O‘zbekiston milliy terma jamoasiga JCh—2018 uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma taqdim etishi mumkin. Buning uchun parallel o‘yinda Suriya termasi ham ochko yo‘qotishi kerak bo‘ladi.
Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin uchun chiptalar sektoriga qarab 30, 35 va 60 ming so‘mdan sotilgandi.
Izoh (0)