Rio Olimpiadasi sovrindori Shahram G‘iyosov Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha 2017-yilgi jahon chempionatida 69 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Shahram G‘iyosov bu g‘alabasini O‘zbekiston xalqiga, Prezidentiga va mamlakat Mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishladi. Kun qahramoniga aylangan bokschi qo‘llab-quvvatlab turgani uchun barcha o‘zbekistonliklarga minnatdorchilik bildirdi.
Mavzuga doir: Kun fotosi: Jahon chempioniga aylangan Shahram
Izoh (0)