KXDRda qit’alararo ballistik raketalarga kallak sifatida o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan vodorod bombasi yaratildi. Bu haqda Yonhap agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ishlanmani shaxsan borib ko‘rgan. Xabarga ko‘ra, KXDR yanada mukammalroq yadro quroli yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Bu mazkur qurolning mamlakatdagi rivojida jiddiy qadam hisoblanadi.
KXDR tomonidan ma’lum qilinishicha, yangi ishlanmani hatto yuqori balandlikda harakatga keltirish mumkin.
Izoh (0)