Makkada 2017-yilgi Haj mavsumi boshlanganidan beri arab mamlakatlaridan tashrif buyurgan 39 nafar ziyoratchi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Saudiya Arabistoni Bosh statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, Misr va Jazoirning sakkiz nafardan fuqarosi vafot etgan (bu eng yuqori ko‘rsatkich).
Byuroning qayd etishicha, vafot etganlarning bari keksa yoshdagi ziyoratchilar bo‘lib, ular “tabiiy sabablarga ko‘ra — surunkali kasalliklarning kuchayishi oqibatida” jon taslim qilgan.
Saudiya Sog‘liqni saqlash vazirligining tavsiya qilishicha, surunkali kasallikka chalingan musulmonlar Haj ziyoratidan tiyilishlari maqsadga muvofiqdir.
Izoh (0)