Afg‘onistonning Logar viloyatida kamida 13 nafar tinch aholi vakili AQSh harbiy-havo kuchlari zarbasi qurboni bo‘ldi. Bu haqda mahalliy rasmiylarga tayanib, “TASS” ma’lum qildi.
Pajhwok agentligiga ko‘ra, aviazarba 30-avgust, chorshanba kuni berildi. Hujum natijasida “Tolibon” harakatining ikki nafar dala qo‘mondoni o‘ldirilgani bildirilmoqda.
Afg‘onistondagi NATO missiyasi mazkur hodisa yuzasidan rasmiy tekshiruv boshladi.
Izoh (0)