Mumbayda 5 qavatli turar-joy qulashi oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi yaralandi. Bu haqda Ani agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Vayronalar ostida yana odamlar bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Hodisa joyida 10 o‘t o‘chirish brigadasi ishlamoqda. Bino mahalliy bozor yaqinida joylashgani tufayli bu yerga kirib borish va qutqaruv ishlarini boshlash qiyin bo‘ldi.
Yuz bergan hodisaning aniq sabablari ma’lum emas. Biroq bino barpo etilganiga 50 yil to‘lgani, shuningdek, hodisadan ikki kun avval Mumbayga oxirgi 12 yil mobaynidagi eng kuchli jala yoqqani bildirilmoqda.
Izoh (0)