31-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasining Xitoyga qarshi o‘yinini sharhlovchi Xayrulla Hamidov sharhlab boradi. Bu haqdagi savolga Hamidov ijobiy javob qaytardi. Sharhda, shuningdek, Dilshodbek To‘xtabekov ishtirok etadi.
Xitoy — O‘zbekiston o‘yini Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi. “Sport” telekanali esa translyatsiyani 1 soat oldinroq boshlashni rejalashtirgan. O‘yinga qadar studiya orqali muhokama bo‘ladi, unda taniqli mutaxassislarning ishtirok etishi kutilmoqda.
Xayrulla Hamidov so‘nggi bor 2007-yil O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinni sharhlab borgandi. Uning ayniqsa Kuvaytga qarshi irodali g‘alaba bilan yakuniga yetgan (3:2) o‘yin sharhi, JCh saralashlari doirasidagi esdan chiqmaydigan Bahrayn bilan to‘qnashuv vaqtidagi sharhlari o‘zbekistonlik futbol muxlislarining yodida saqlanib qolgan.
“Sport”dagi manbaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, telekanal jurnalist Farrux Rasulovni milliy terma jamoa bilan Xitoyga yuborgan. O‘yin kuni Rasulov hamda Toshkentdagi studiya o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tadi va futbolchilarning o‘yinoldi holati borasida savol-javob bo‘ladi.
Izoh (0)