25-avgust kuni O‘zbekiston milliy termasi Toshkentda Qirg‘izistonga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazadi. Uchrashuvga muxlislar kiritilmaydi, o‘yin televideniye orqali ko‘rsatilmaydi.
Qirg‘izistonga qarshi bahs JCh—2018 saralashidagi so‘nggi ikki o‘yin oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. O‘zbekiston termasi 31-avgust kuni safarda Xitoy bilan, 5-sentabrda esa Toshkentda Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi.
Izoh (0)