Ayni paytda 40 ta davlat plastik paketlar ishlatishni cheklaydi, ammo eng shafqatsiz qonun Keniyada kuchga kirdi, deb yozadi National Geographic.
2011-yilda Keniyada plastik paketlarni ishlab chiqarish va import qilishga cheklovlar kiritilgan edi, ammo shunga qaramay, mamlakat qit’adagi eng yirik polietilen qoplarni ishlab chiqaruvchi bo‘lib qolaverdi. Bunga nuqta qo‘yish maqsadida 2017-yil avgusti oxirida hukumat parchalanmaydigan plastik paketlarni ishlab chiqarish, qo‘llash va import qilishni taqiqlovchi yangi qonunni chiqardi.
Qonunni buzganlar 40 ming dollargacha jarima va 4 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Qonun ishlab chiqaruvchilar uchun ham, alohida shaxslar uchun ham amal qiladi, faqat plastik o‘ramlarni sanoat maqsadlarida yetkazib beruvchi kompaniyalar uchun istisno qilingan.
Izoh (0)