25-avgust kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida, “Krasniy treugolnik”tashlandiq zavodi hududida O‘zbekistonning uch nafar fuqarosiga hujum uyushtirildi. U haqda 1news xabar bermoqda.
Aytilishicha, noma’lum shaxslar o‘zbekistonliklarga pichoq bilan hujum qilgan, so‘ng jinoyat joyidan yashiringan.
Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan biri bo‘ynidan yaralangan bo‘lib, og‘ir ahvolda. U 22 yoshda. Qolgan ikki jabrlanuvchining yoshi 21 va 24 da.
Izoh (0)