Toshkent shahrida Mirobod tuman Ichki ishlar boshqarmasining sobiq binosi yonida kuchli yong‘in yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” (Drivers.uz) guruhi a’zolari xabar bermoqda.
Izohlardan ma’lum bo‘lishicha, yong‘inga portlashlar ham “hamrohlik qilgan”. So‘ng yo‘lni yopib qo‘yishgan.
Foydalanuvchilardan biri yozishicha, o‘sha joy yaqinida mashinalarga gaz uskunalari o‘rnatiladi. “Butun tumanni evakuatsiya qilishlari kerak edi-ku?!” — deb yozadi u.
Yong‘in, uning sababi va oqibatlari haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)