Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi Hamdo‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Shohidaxon Arabboyeva to‘rt chaqaloqni dunyoga keltirib, o‘g‘illariga Shavkatbek, Shuhratbek, Hasan, Husan deya ism berdi, deb yozadi Uzbekistan 24.
Qo‘shaloq farzandli uy bekasini mahalladoshlari, qarindoshlari, qo‘shnilari qutladi.
“Ulug‘ bayram arafasida baxtiyor ona bo‘ldim. Shifokorlar, mehribonlarga ming rahmat”, — deydi Shohidaxon
“Ona va chaqaloqlarning salomatligi yaxshi. Shohidaxon to‘rt o‘g‘li bilan yaqin kunlarda qadrdon xonadoniga qaytadi”, — deydi viloyat perinatal markazi direktori o‘rinbosari Hilolaxon Ortiqova.
Izoh (0)