• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Paxta mavsumi boshlanmoqda: Prezident yangi qarorni imzoladi

    O‘zbekiston Prezidenti “2017-yilda g‘o‘za defoliatsiyasini o‘z vaqtida va samarali o‘tkazish bo‘yicha kompleks tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar bermoqda.

    Foto: “O‘zbekiston 24”

    Foto: “O‘zbekiston 24”

    2017-yil 21-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3229-son qarori matni quyidagicha:

    G‘o‘zani sifatli defoliatsiya qilish, paxta hosilini erta muddatlarda yig‘ishtirib olish va paxta terish mashinalaridan samarali foydalanish uchun dalalarni o‘z vaqtida tayyorlash maqsadida:

    1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan 2017 yilda g‘o‘za defoliatsiya qilinadigan maydonlar va uning maqbul muddatlari to‘g‘risidagi 1-ilovaga muvofiq takliflari qabul qilinsin.

    2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari chigit ekish muddatlari, navi va g‘o‘zaning yetilish davri, joylardagi ob-havo-iqlim sharoitlarini, ko‘sak ochilishi sur’atlarini hisobga olgan holda tumanlar va fermer xo‘jaliklari bo‘yicha g‘o‘zani 1-ilovada belgilangan maydonlar va muddatlarda defoliatsiya o‘tkazish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rsinlar.

    G‘o‘za defoliatsiyasining belgilangan muddatlarda va sifatli o‘tkazilishi hamda defoliantlarni ishlatish normalari va tavsiyalariga qat’iy rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “O‘zagrokimyohimoya” AJ rahbarlari zimmasiga yuklansin.

    3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T.Mirzayev:

    besh kun muddatda defoliatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtiruvchi respublika ekspert ishchi komissiyasini, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va tumanlarda ekspert ishchi komissiyalarni shakllantirsin, ularning tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, O‘zbekiston “Sifat” markazi, “O‘zagrokimyohimoya” AJ mutaxassislarini kiritib, ularning zimmasiga g‘o‘za defoliatsiyasi ishlari tashkil etilishi va kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlashga doir aniq vazifalar yuklasin;

    defoliatsiya ishlari o‘tkazilishi yuzasidan qat’iy va doimiy nazoratni ta’minlasin hamda agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish borasida belgilangan muddatlar va me’yorlarga rioya etishni ta’minlamayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qat’iy javobgarlik choralarini ko‘rsin.

    4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagrokimyohimoya” AJ, “O‘zagroservis” AJ joriy yilning 31 avgustigacha bo‘lgan muddatda:

    fermer xo‘jaliklari bo‘yicha defoliatsiya o‘tkaziladigan maydonlarni aniqlasinlar va har bir tumanni defoliantlar bilan ta’minlash hamda ularni alohida ajratilgan joylarda tayyorlash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, defoliatsiyani tashkil etish va maqbul muddatlarda o‘tkazish tadbirlarini - “yo‘l xarita”larini ishlab chiqsinlar. G‘o‘za defoliatsiya qilinadigan maydonlarni belgilashda urug‘lik go‘za maydonlari hisobga olinmasin;

    erda ishlatiladigan texnikalardan to‘liq foydalanishni ta’minlashga e’tibor qaratib, defoliatsiyani yerda bajariladigan usullar bilan o‘tkazish uchun texnik vositalar va apparatlar tayyorlanishini tugallasinlar;

    g‘o‘za maydonchalarini tayyorlashni tugallasinlar va ularda defoliantlar eritmasini tayyorlash uchun zarur idishlar va boshqa texnik vositalar mavjud bo‘lishini ta’minlasinlar.

    5. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “O‘zagrokimyohimoya” AJ buyurtmanomalari bo‘yicha g‘o‘za defoliatsiyasini o‘tkazish uchun samolyotlar ajratsin va ularning 2-ilovaga muvofiq 2017 yil 31 avgustgacha mintaqalarga yetib borishini ta’minlasin.

    Viloyatlar hokimliklari joriy yilning 31 avgustiga qadar maxsus aerodromlar tayyorlanishini, shu jumladan uchuvchilar uchun zarur maishiy sharoitlar yaratilishini tugallasinlar.

    6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi defoliatsiya o‘tkazilishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatsin hamda defoliantlarni qo‘llash me’yorlariga rioya etilishi va defoliatsiyaning belgilangan muddatlarda o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratsin.

    7. “O‘zneftmahsulot” AJ yonilg‘i-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda purkagichlar va samolyotlar ishlarini ta’minlash uchun g‘o‘zani defoliatsiya qilish davrida ularning belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etsin.

    8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi bir hafta muddatda, asoslangan buyurtmanomalarga binoan tijorat banklariga fermer xo‘jaliklari uchun g‘o‘za defoliatsiyasini o‘tkazishga zarur kredit mablag‘larini, kelgusida ulardan defoliantlar xarid qilish hamda “O‘zagrokimyohimoya” AJ va «SAR» aviakompaniyasi xizmatlariga haq to‘lash uchun foydalanish maqsadida, belgilangan tartibda ajratsin.

    9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T.Mirzayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “O‘zagrokimyohimoya” AJ raisi U.A.Axunov zimmasiga yuklansin.

    O‘zbekiston RespublikasiPrezidenti                                          Sh.Mirziyoyev

    22.08.2017, 11:24   Izoh (0)   238989
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Peterburgda piyodalarni urib ketgan O‘zbekiston fuqarosini 2 oyga hibsga olishdi

    22.08.2017, 11:19

    O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Indoneziya prezidenti bilan uchrashdi

    22.08.2017, 10:21

    Sodiq Safoyev Rossiya Federatsiya kengashi raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

    22.08.2017, 10:06

    O‘zbekistonlik qiz “Olam tabassumi 2017” xalqaro go‘zallik tanlovi finalchilari o‘nligiga kirdi

    22.08.2017, 09:48

    Baxtiyor Nasimov: Jamoat transporti. Keyingi qadamni qo‘yish vaqti keldi

    22.08.2017, 09:30

    Sog‘lom uyqu olami. Qulayliklar olami. “Мир Матрасов”.

    22.08.2017, 09:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “O‘zim ham xavotirdaman” — professor Zarifboy Ibodullayev ruhiy bemorlar bilan bo‘layotgan ayanchli holatlar haqida

    O‘zbekiston | 15 iyun, 22:42

    Superliga. “Nasaf” va “Dinamo”dan g‘alaba, “Surxon” — “Neftchi” bahsida hisob ochilmadi

    Sport | 15 iyun, 22:14

    Qozon va Nijnekamsk aeroportlari dron hujumi xavfi sababli vaqtincha yopildi

    Dunyo | 15 iyun, 21:56

    Turkiyada havo shari qulab tushdi

    Dunyo | 15 iyun, 21:25

    AQSHda mamlakat bo‘ylab 2 mingga yaqin joyda namoyish o‘tkazildi

    Dunyo | 15 iyun, 20:53

    Isroil harbiylari yordam markazlarida yana 23 nafar falastinlikni o‘ldirdi

    Dunyo | 15 iyun, 20:06

    Rasman. Jennaro Gattuzo — Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi

    Sport | 15 iyun, 20:03

    “Barselona” Klublar o‘rtasidagi JCHda “Leon”ning o‘rniga qatnashish uchun FIFA’ga iltimos bilan chiqdi

    Sport | 15 iyun, 18:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.