1-sentabrdan Toshkent aholisi va tashkilotlaridan qattiq maishiy va suyuq holdagi chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari 9,3 foizga qimmatlashadi. Bu haqda “Maxsustrans” boshqarmasi saytiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Aholi uchun maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish narxi har bir kishi uchun bir oyga 3200 so‘mdan 3500 so‘mga ko‘tariladi.
Budjet va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar uchun 1 kub metr qattiq maishiy chiqindini olib chiqib ketish narxi 41 989,5 so‘m (hozirda — 38 390), 1 tonna suyuq holdagi chiqindi uchun esa 15 690,97 so‘m (14 346) etib belgilandi.
Chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari so‘nggi bor 2016-yilning noyabr oyida ko‘tarilgan edi.
Izoh (0)