O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Federatsiya kengashi raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Suhbatda ikki davlat qonunchilik organlari o‘rtasidagi muntazam aloqalarning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston—Rossiya parlamentlararo hamkorlik komissiyasining bo‘lajak yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayoni amaliy jihatdan muhokama qilindi.
Uchrashuvda Rossiyaning muvaqqat ishlar vakili Vadim Mitrofanov ishtirok etdi.
Izoh (0)