AQSh va Janubiy Koreya 21-avgust, dushanba kuni Ulchi Freedom Guardian deb nomlangan hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mashqlar kamida 31-avgustgacha davom etadi. Ular har yili quruqlik, dengiz va havoda o‘tkaziladi va Pxenyanning noroziligiga sabab bo‘lib keladi.
Shimoliy Koreya bu manyovrlarni uning hududiga bostirib kirish uchun tayyorgarlik sifatida baholaydi. O‘z navbatida, Vashington va Seul mashg‘ulotlar mudofaa ko‘rinishida ekanligi va KXDRni tiyib turishda muhim rol o‘ynashini ta’kidlaydi.
AQSh mazkur mashqlarga 40 mingga yaqin harbiy xizmatchini safarbar etishni ko‘zda tutmoqda.
Izoh (0)