Rossiya sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Igor Lanskoy Qrimning Sudak shahrida yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Voqea 18-avgust kuni ro‘y berdi, lekin amaldorning halok bo‘lgani haqida faqat 20-avgust kuni ma’lum qilindi.
18-avgust kechki soatlarida shaharda kuchli shamol bo‘lgan. O‘sha payti Genuya qal’asidagi Qiz minorasida turgan amaldor mobil telefonini olib, qo‘ng‘iroqqa javob bergan. Shu lahzada uni yashin urgan.
Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar Lanskoyning o‘limini qayd qildi.
Izoh (0)