Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Rossiyaning Kursk viloyatini ozod qilish operatsiyasida ishtirok etgan harbiylarini mukofotladi. Bu haqda KCNA xabar berdi.

Tabrik so‘zida Kim Chen In xorijdagi harbiy operatsiya ishtirokchilari “tarixda o‘z aksini topadigan buyuk qahramonliklar ko‘rsatganini” aytdi. Shuningdek, Koreya xalq armiyasining jangchilari va qo‘mondonlari “KXDR mavjudligi va rivojlanishi uchun mustahkam kafolat yaratdi”, deya ta’kidladi.

Harbiy xizmatchilarga oliy davlat mukofotlari, jumladan, KXDR Qahramoni unvoni topshirilgan. Urushda halok bo‘lgan jangchilarning oila a’zolariga hamdardlik bildirilgan.


-JTX5-tNh.avif)


-Vh-X3q1h.avif)
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Kim Chen In 2024-yil iyun oyida Keng qamrovli sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Kuzda tomonlar ushbu hujjatni ratifikatsiya qildi. Uning to‘rtinchi moddasida “agar tomonlardan biri bir yoki bir necha davlatning qurolli hujumi tufayli urush holatiga tushib qolsa”, barcha mavjud vositalar bilan zudlik bilan harbiy yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.
Shimoliy Koreya askarlarining Kursk viloyatini ozod qilishdagi ishtiroki haqidagi ma’lumotlar aprel oyi oxirida KXDR tomonidan tasdiqlangan. Taxminlarga ko‘ra, mamlakat Rossiya qo‘shinlarini zarur o‘q-dorilarning kamida yarmi bilan ta’minlamoqda. G‘arb razvedkasi Rossiyaning 2024-yildagi o‘q-dori ishlab chiqarish hajmini 2–2,3 million dona atrofida deb baholagan.
KXDR uzoq masofali artilleriya qurollari, yalpi o‘t ochish tizimlari, minomyotlar va ballistik raketalar yetkazib bergan. Ukraina razvedkasiga ko‘ra, Rossiyaga 120 ta “Koksan” o‘ziyurar artilleriya qurilmasi, 120 ta reaktiv o‘t ochish tizimi va 148 ta KN-23 hamda KN-24 (“Xvason”) ballistik raketalari yuborilgan.
Izoh (0)