“Avaza” milliy turizm zonasining kongress markazida 22-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
-xjxRcMR7.avif)
Suhbat avvalida Turkmaniston yetakchisi davlat rahbariga Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu yetaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston prezidenti mamlakat rahbariyati va qardosh turkman xalqini 5-avgust kuni “Avaza”da BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan yana bir bor tabrikladi.
Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston—Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zaro manfaatli hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.


Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Turkmanistonga kelgandi. O‘zbekiston yetakchisi Ozarbayjon–Turkmaniston–O‘zbekiston formatidagi uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etadi va ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.
Izoh (0)