O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi joriy yilning 24-avgust kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar berdi.
Senatning yalpi majlisi kun tartibiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini tubdan oshirishga, 2017—2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosiga qaratilgan O‘zbekistonning bir qator qonunlari kiritilmoqda.
Yalpi majlisda senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunlarni ham ko‘rib chiqadi.
Izoh (0)