O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-avgust, juma kuni Bekobod shahri faollari bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng yo‘lda ta’ziya bo‘layotgan xonadonni ko‘rib qoldi. Davlat rahbari mazkur xonadonga tashrif buyurib, xonadon sohiblariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda UzNews xabar berdi.
Xabar qilinishicha, xonadon sohibi Muxtor Mirkomilovning turmush o‘rtog‘i bevaqt olamdan o‘tgan. Prezident mutasaddi rahbarlarga ushbu oilaga ko‘mak va yordam berish haqida topshiriq berdi.
Izoh (0)