O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2017-yilning 21—23-avgust kunlari Hindistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturidan Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj hamda Hindistonning boshqa rahbarlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston — Hindiston biznes-forumi va boshqa qo‘shma tadbirlarda ham ishtirok etadi.
Izoh (0)