Nepalda kuchli yog‘ingarchilik natijasida kelib chiqqan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 30 dan ziyod inson halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hukumat vakilining qo‘shimcha qilishicha, qurbonlar soni hali o‘sishi mumkin. Qayd etishlaricha, tabiiy ofat sezilarli moddiy zarar yetkazgan.
Mahalliy ma’muriyat maktablar va ma’muriy binolarda tabiiy ofati oqibatida o‘z uyini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan fuqarolar uchun vaqtinchalik boshpana tashkil etgan.
Qutqaruv ishlarida harbiylar, politsiyachilar va mahalliy aholi ishtirok etmoqda.
Izoh (0)