Iroq Kurdistoni rahbariyati AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning da’vatiga qaramay, hudud mustaqilligi masalasidagi referendumni qoldirishdan bosh tortdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Referendum sanasi o‘zgarishsiz qoldi. Referendum 25-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi”, — deya ma’lum qildi kurdlar vakili Hoshiyor Zebariy.
Avvalroq AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Iroq Kurdistoni rahbari Mas’ud Barzoniyni hudud mustaqilligi masalasidagi referendumni qoldirishga chaqirgan edi.
Izoh (0)