2017-yilning 11-avgustidan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillari tomonidan amalga oshiriladigan murojaatlarni o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish bo‘yicha madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevning virtual qabulxonasi ish boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligining axborot xizmati xabar berdi.
Virtual qabulxonaga amalga oshiriladigan barcha murojaatlar jumladan, ariza, shikoyat va takliflar http://murojaat.madaniyat.uz sahifasi orqali qabul qilinadi.
Izoh (0)