Sony Xperia XZ1: flagmanning xususiyatlari va “ixcham” versiyasi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi
IFA 2017 konferensiyasi doirasida 31-avgust kuni Sony matbuot anjumani rejalashtirilgan, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Mish-mishlarga ko‘ra, o‘sha kuni kompaniya yangi qurilmalari — Xperia XZ1, XZ1 Compact va X1 ni taqdim etadi. Qurilmalar haqidagi ba’zi tafsilotlar internetda tarqalib ulgurdi.
Sony Xperia XZ1
Mish-mishlarga ko‘ra, flagmanning ikki sim-kartali versiyasi ham bo‘ladi. Qurilma 5,1 dyuymli va 1920×1080 pikselli ekran, Snapdragon 835 + Adeno 540 protsessori, 4 GB tezkor va 64 GB ichki xotira, 19 megapikselli asosiy va 13 megapikselli old kameraga ega bo‘ladi. Smartfon Android 7.1.1 operatsion tizimida ishlaydi.
XZ1 Compact
Mish-mishlar bo‘yicha, bo‘lg‘usi Sony flagmanining ixcham versiyasi anonsdan keyingi o‘n kun ichida paydo bo‘ladi. Bunda aynan XZ1 Compact nazarda tutilganini taxmin qilish mumkin, deb yozadi nashr. Demak, u 10-sentabrda sotuvga chiqishi kerak. Ammo bu ma’lumot rasman tasdiqlangani yo‘q.
Izoh (0)