Dubay politsiyasi Avstraliya va Niderlandiya bilan birgalikda giyohvand moddalar kontrabandasi va uni tarqatishga aloqasi bor tarmoqning 17 nafar a’zoni qo‘lga olish xalqaro operatsiyasida ishtirok etdi, deb xabar berdi UAE Inside.
Giyohvand moddalar karteli Avstraliyaga jo‘natilgan bir paytda, guruhning muhim “a’zolari” Dubaydan turib operatsiyani boshqargan. Jinoyatga a’zo 17 nafar ishtirokchining beshtasi Amirlikda bo‘lgan.
Avstraliya uchun ushbu reyd mamlakat tarixidagi eng yirik hisoblanadi: qidiruv uchun 52 ta order yozilgan va 32 ta uy “tekshirilgan”.
Natijada politsiya 1,8 tonna xalq orasida esktazi deb ataluvchi MDMA giyovandlik vositalarini topgan. Uning ko‘chadagi narxi 642 million dollarga teng.
Izoh (0)